Yashnobod tumani IIO FMB xodimlari ichki ishlar organlari faxriysi holidan xabar olishdi
"9 may – Xotira va qadrlash kuni" munosabati ichki ishlar organlari faxriylari holidan xabar olishdek ezgu va savobga yo‘g‘rilgan tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Yashnobod tumani IIO FMB xodimlari ichki ishlar idoralarida o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni aʼlo darajada bajarib, barcha shaxsiy tarkibga o‘rnak bo‘lib kelgan, uyushgan jinoyatchilikni oldini olishda boy bilim va tajribasi bilan ko‘p yillar xizmat qilgan, yosh avlodni xalqqa sadoqat, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan isteʼfodagi polkovnik Rovshanbek Zikiryayev xonadonida bo‘lishdi.
Xodimlar faxriyning hayoti va xizmat faoliyati haqidagi mazmunli suhbatidan bahramand bo‘lishdi. Ko‘rsatilgan eʼtibor va g‘amxo‘rlik uchun faxriy muhtaram Yurtboshimizga, Ichki ishlar vazirligi hamda Toshkent shahar IIBB rahbariyatiga samimiy minnatdorligini izhor etdi.
Mehr-saxovat tadbirlari poytaxtning barcha tumanlarida davom etmoqda.