15 Mart 2023 Yil 660

Yashnobod tumani IIOFMB xodimlari maktab o‘quvchilari va ularning ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Poytaxtimizdagi umumta’lim maktablarida ota-onalar ishtirokida profilaktika tadbirlari tashkil etilmoqda. Jumladan, kuni kecha Yashnobod tumanidagi 149- umumta’lim maktabida tumani IIOFMB mas’ul xodimlari tomonidan tashkillashtirilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda ushbu maktab o‘quvchilari va ularning ota-onalari ishtirok etishdi.

Tadbirda navqiron avlod tarbiyasidagi muammolar, ta’lim muassasalari o‘quvchilarining dars qoldirayotgani, o‘smir va yoshlarning noqonuniy xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yayotgani sabablari muhokama qilindi. Bundan tashqari, uchrashuvda mutaxassislar yoshlarning internet tarmog‘idan to‘g‘ri foydalanishi, ularning mediasavodxonligini oshirish, zararli axborotlardan himoyalanish masalalariga to‘xtalib o‘tdi.

So‘zga chiqqanlar yoshlar axborot xurujlariga berilmaslik, tarqatilayotgan ma’lumotlardan ehtiyot bo‘lish, milliy qadriyatlarimizga yot g‘oyalarni targ‘ib qilmaslik zarurligini ta’kidladi.

Barcha yangiliklar

Text to speech