Yashnabod tumanida navbatdagi sayyor sud bo‘lib o‘tdi
Kuni kecha Yashnabod tumani prokuraturasi ma'rifat zalida 42 nafar nazoratdagi shaxslar uchun sayyor sud tashkil etildi.
Unda tuman IIB probasiya bo‘limi hisobida turgan 15 nafar nazorat ostidagi shaxs mavjud tartib-qoidalarga amal qilgan holda jazo o‘tab kelgani, yashash joyida mahalladagi jamoat ishlarida faol qatnashgani uchun mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan ijobiy tavsiflandi. Qolaversa, ularning sodir etgan jinoyatidan chin ko‘ngildan pushaymonligi, tuzalish yo‘liga kirgani sababli jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi.
Tadbir davomida jazodan ozod etilgan shaxslar so‘zga chiqib, ishonch va berilgan imkoniyat uchun minnatdorlik bildirdilar va kelgusida halol mehnat qilishga, jinoyat ko‘chasidan uzoq yurishga va'da berdilar.