Bugun, bahorning ilk kunida Toshkent shahrini ko‘kalamzorlashtirish ishlarini yana-da jadallashtirish maqsadida “Yashil makon” umummilliy loyihasiga start berildi.
Poytaxtning Shayxontohur tumanida o‘tkazilgan tadbirda Tabiat resurslari vaziri Aziz Abduxakimov, to‘rtta sektor rahbarlari, boshqa davlat tashkilotlari va jamoat arboblari ishtirok etdi.
Tadbir doirasida 50 turdan ortiq 20 mingdan ziyod ko‘chatlar: daraxt, buta, gul ko‘chatlari ekish uchun ajratildi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi va quyi tizim xodimlari ham faol ishtirok etmoqda.