22 Mart 2023 Yil 468

“Yashil makon” umummilliy loyihasi davom etmoqda

Toshkent shahar IIBB tashabbusi bilan Yangihayot tumanida 400 dan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. “Yangihayotni yashil makonga aylantiramiz!” shiori ostida o‘tgan mazkur tadbirda poytaxt IIBB boshlig‘i general-mayor Aziz Tashpulatov, tuman sektor rahbarlari, tuman IIO FMB xodimlari, mahalla faollari va yoshlar, otaxonlaru onaxonlar FVV Akademiyasi kursantlari ishtirok etdi.

Xonandalar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar va bayram dasturxoni mahalla aholisi hamda hasharchilarga yana-da ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. Bu kabi tadbirlar poytaxtimizning barcha tumanlarida davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech