18 Mart 2023 Yil 520

Shayxontohur tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida

Butun mamlakatimizda bo‘lgani kabi, Toshkent shahrida ham yashil hududlar maydonini oshirilishini nazarda tutuvchi “Yashil Makon – 2023” umummilliy loyihasi davom etmoqda. Loyihani amalga oshirishda poytaxt IIBB va uning tizimlarida xizmat olib borayotgan xodimlar ham faol ishtirok etmoqdalar. Jumladan, Shayxontohur tumani uchinchi sektor hududida joylashgan mahallalarda ko‘chat va butalar ekish ishlari boshlab yuborildi. Shayxontohur tumani IIO FMB xodimlari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillari bilan hamkorlikda mahallalarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib bormoqdalar. Hozirda mahallalarda hududning iqlim sharoitiga mos 670 tup manzarali, 1106 tup mevali daraxt, 1269 tup buta va gul ko‘chatlari o‘tkazildi. Shu bilan birga, hududdagi ariq va ko‘chalar maxsus texnikalar yordamida tozalanib, daraxtlarga shakl berildi.

Bu kabi tadbirlar poytaxtning boshqa hududlarida ham davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech