22 Yanvar 2024 Yil 2241

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi ““Yashil iqtisodiyot”: xususiyatlari va rivojlanish omillari” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot Universitetining Toshkent filiali vakili professor Shuhrat G‘oyibnazarov maʼruza qildi. U o‘z nutqida, hozirgi vaqtda O‘zbekiston ham xuddi dunyoning boshqa davlatlari kabi yangi, ekologik toza, qayta tiklanadigan energiya manbalarini topishga intilayotgan “yashil” iqtisodiyot yo‘lidan qatʼiy ravishda borayotganligini alohida taʼkidlab o‘tdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga “Toshkent-islom sivilizatsiyasi markazi” va “Jadidlar faoliyati” nomli videoroliklar hamda “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech