25 Aprel 2023 Yil 1904

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Yashil energetika – beminnat va arzon” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda Toshkent davlat texnika universiteti dotsenti, texnika fanlari nomzodi Elyor Saitov maʼruza qildi. U o‘z maʼruzasida, qayta tiklanadigan energiyaning manbalari: quyosh, shamol, suv, geotermal va biomassa energiyalari haqida maʼlumotlar berib, yashil energetikani taraqqiy ettirish aholini nafaqat energiya bilan taʼminlashda, balki atrof-muhitni himoya qilishda ham asosiy vosita ekanligini taʼkidlab o‘tdi.

Tadbir yakunida, joriy yilning 2-14 aprel kunlari IIV tarkibiy tuzilma va hududiy bo‘linmalari shaxsiy tarkibi o‘rtasida o‘tkazilgan futbol bo‘yicha Ichki ishlar vaziri kubogi musobaqasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Toshkent shahar IIBB terma jamoasini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Barcha yangiliklar

Text to speech