16 May 2023 Yil 1371

Yangihayot tumanida sayyor qabul

Fuqarolarning muammosini joyiga chiqib o‘rganish va hal etish maqsadida barcha sektor rahbarlari joylarda sayyor qabullar o‘tkazmoqda. Mana shunday qabullardan biri Toshkent shahar IIBB boshlig‘i general-mayor Aziz Tashpulatov tomonidan Yangihayot tumanida bo‘lib o‘tdi. Qabulda tuman hokimi va boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etib, har bir murojaatga injividual ravishda yondashildi.

Poytaxt IIBB boshlig‘iga murojaat qilgan 69 nafar fuqarolardan 39 nafarining murojaati joyida hal etildi, 13 nafariga huquqiy tushuntirish berildi, 17 nafarining murojaatini hal etish yuzasidan mutasaddilarga topshiriq berilib, muddat belgilandi va alohida nazoratga olindi.
Shulardan, 14 nafar yoshlarning murojaati bo‘yicha 10 nafariga oliy ta'lim muassasalariga to‘lov kontraktini to‘lash uchun sertefikat berildi, o‘zini–o‘zi band qilishi uchun 1 nafar yoshga uqalash jihozlari,
1 nafariga sartaroshlik anjomlari, 2 nafariga tikuv mashinasi berildi.

Bundan tashqari, maxsus daftarlarda ro‘yxatda turuvchi 4 nafar fuqarolarga ID karta rasmiylashtirildi, ijtimoiy qiynalgan 4 nafar fuqarolarga bir martalik moddiy yordam ajratildi, 8 nafar fuqarolarning davolanish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlari qoplab berildi. Qabul davomida sayyor sud o‘tkazilib, probasiya ro‘yxatida turuvchi 9 nafar shaxslar muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi. Bu kabi qabullar poytaxtimizning barcha tumanlarida o‘tkazilmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech