17 Iyun 2023 Yil 805

Toshkent shahar IIBB PPX brigadasida uch avlod uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Yoshlar oyligi doirasida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida Toshkent shahar IIBB JTSB Patrul-post xizmati brigadasida uch avlod uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Bosh boshqarma Faxriylar kengashi a'zolari, ko‘p yillar davomida vijdonan xizmat qilib nafaqaga chiqqan xodimlar, hamda ichki ishlar organlarining yosh xodimlari ishtirok etdi.

Uchrashuvda faxriylar tomonidan xodimlarga Ichki ishlar organlari tarixi haqida zarur ma'lumotlar berildi. Oldingi yillardagi bilan hozirgi kundagi faoliyat haqida mulohaza yuritildi. Keksa avlod vakillari bugungi sharoit va imkoniyatlardan unumli foydalanib, har bir xodim jinoyatchilikning oldini olishda jonbozlik ko‘rsatishi lozimligi haqida uqtirildi.

Tadbirda xizmatda ijobiy natijalarni qo‘lga kiritib kelayotgan xodimlarga fahriy yorliqlar topshirildi. Yosh avlod tarbiyasiga katta hissa qo‘shayotgan faxriylar ham alohida taqdirlandilar.

Barcha yangiliklar

Text to speech