15 May 2023 Yil 1081

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasi – mening konstitutsiyam” mavzusiga bag‘ishlandi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vakili, professor Abror Xudoyberdiyev maʼruza qildi. U o‘z maʼruzasida, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha o‘tkazilgan referendumda, mamlakatimiz fuqarolariga o‘z xohish-irodasini ifoda etish bo‘yicha ongli tanlov qilish imkoni yaratilganligini hamda “Inson – jamiyat – davlat” tamoyili asosida yangilangan Konstitutsiyada shaxsga oid normalar oshirilganligini alohida taʼkidlab o‘tdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech