Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasi – amalda” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti vakili yuridik fanlari doktori, professor Muhammadali Usmonov maʼruza qildi. U o‘z maʼruzasida, mamlakatimizda amalga oshirilgan konstitutsiyaviy islohotlar mazmun-mohiyatiga ko‘ra, “inson-jamiyat-davlat” hamda “O‘zbekiston-ijtimoiy davlat” degan tamoyillarni konstitutsiyaviy qoida sifatida o‘zida mujassam etayotganligini alohida taʼkidlab o‘tdi. Shuningdek, yig‘ilish ishtirokchilarga “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi.
Tadbir yakunida ayrim xodimlarga navbatdagi unvonlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.