Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi
Toshkent shahar IIBB boshlig‘i, general-mayor Aziz Tashpulatov navbatdagi sayyor qabulini Yakkasaroy tumanida o‘tkazdi. Qabulda tuman hokimi va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
Qabul jarayonida 60 dan ortiq fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan muammolar yuzasidan murojaat qilishdi. Aksariyat murojaatlar tibbiy yordam, ishga joylashish, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun imtiyozli kreditlar ajratish kabi masalalarda bo‘ldi. Bosh boshqarma boshlig‘i har bir murojaatni nazoratga olib, tegishliligi bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi, vaqt talab qilinadigan masalalar ijrosi bo‘yicha muddatlarni belgiladi. 29 ta murojaatlar shu yerning o‘zida ijobiy hal etildi.
Aholi bilan jonli muloqotlar va sayyor qabullar boshqa tumanlarda ham davom etmoqda.