23 Aprel 2023 Yil 3285

Yakkasaroy tumani Komil Yashin ko‘chasida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi haqida ma'lumot

2023 yil 22 aprel kuni soat tahminan 23:00 larda Toshkent shahar Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli - Muqumiy chorrahasida Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektori xizmat olib borayotgan vaqtda 2001 yilda tug‘ilgan, Shayxontohur tumanida yashovchi S.X. (haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan) boshqaruvida bo‘lgan 01 509 HJA davlat raqamli , qora rangli “Jentra” rusumli transport vositasiga jezl va hushtag yordamida to‘xtash ishorasini bergan, haydovchi YPX inspektorining qonuniy ishorasiga bo‘ysunmasdan harakatni davom ettirgan.

Haydovchining hatti - harakati xodimlarda shubha uyg‘otgan. Shundan so‘ng 01 726 VSC davlat raqamli, “Kobalt” transport vositasida "Jentra" avtomashinasining orqasidan kuzatuv olib borilgan va maxsus avtomashinadagi ovoz kuchaytirgich orqali bir necha marotaba haydovchiga to‘xtash ishorasi berilgan. Haydovchi S.X. esa YPX inspektorlarining qonuniy talabini bajarmasdan Shota Rustaveli - Komil Yashin hamda Bog‘i Bo‘ston - K.Yashin chorahalarida svetaforning taqiqlovchi qizil chirog‘iga bo‘ysunmasdan belgilangan me'yoriy tezlikni oshirib  harakatlangan.

Shundan so‘ng haydovchi Komil Yashin - S.Sirojidinov chorrahasida “Jentra” rusumli transport vositasida ikkinchi darajali yo‘ldan chiqib, asosiy yo‘ldan kelayotgan skuterga yo‘l bermasdan to‘qnashuv sodir etib, Komil Yashin 1-tor ko‘chasidagi 81-uy qarshisida yo‘l chetida to‘xtab turgan, ( Yakkasaroy tumanida yashovchi  K.J ga  tegishli bo‘lgan) 01 S 330 HB davlat raqamli, “Kobalt” rusumli avtomashinaga borib urilib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Kuzatuv ishlarini olib borayotgan YPX inspektorlari Yakkasaroy tumanida yashovchi  Skuter haydovchisi 2004 yilda tug‘ilgan, Yu.A.  hamda “Jentra” avtomashina yo‘lovchisi Chilonzor tumanida  yashovchi 2002 yilda tug‘ilgan, I.S. lariga birinchi yordam ko‘rsatishgan hamda tez tibbiy yordam xodimlari orqali yaqin atrofdagi shifoxonaga olib borishgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Barcha yo‘l harakati ishtirokchilaridan belgilangan qoidalarga amal qilishlarini so‘rab qolamiz.

Barcha yangiliklar

Text to speech