Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, joriy yilning 11 aprel kuni tunda, nomaʼlum shaxs, uy egasining uxlab yotganligidan hamda xonadon eshigi ochiq qolganidan foydalanib, u yerdan 3 dona uyali telefon, 7.500.000 so‘m, 3.000 AQSH dollari va jami 12.000.000 so‘mlik tilla taqinchoqlarni o‘g‘irlab ketgan. Ertalab 28 yoshli Sirojiddin K. ichki ishlar organlariga o‘g‘rilik holati bo‘yicha ariza bilan murojaat qilgan.
Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida, ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilingan 22 yoshli Ilxomjon N. aniqlanib, qo‘lga olindi. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Xonadon eshiklarini ochiq holda qoldirmang.