4 Iyul 2023 Yil 743

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Xodimlarning ijtimoiy himoyasi – doimiy eʼtiborda” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi katta o‘qituvchisi mayor Noʻmon Oqilov maʼruza qildi.

U o‘z nutqida, ichki ishlar organlari xodimlariga ko‘rsatilayotgan keng ko‘lamli eʼtibor, rag‘bat hamda imtiyozlar ularning yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi yo‘lidagi saʼy-harakatlarida muhim poydevor bo‘lib xizmat qilayotganligini taʼkidlab o‘tdi.

Shuningdek, shaxsiy tarkibiga Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani haqidagi videolavha namoyish etildi.

Tadbir yakunida ayrim xodimlarga navbatdagi unvonlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Barcha yangiliklar

Text to speech