14 Fevral 2024 Yil 1238

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyili istiqbollari” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda O‘zbekiston milliy universiteti vakili Vali Umaraliyev maʼruza qildi. U o‘z nutqida, O‘zbekistonning dunyo hamjamiyatida tutgan roli va o‘rnini oshirish, xalq farovonligi, tinchligi, inson huquqlari kafolatini taʼminlaydigan adolatli davlat qurishda mamlakat xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish muhimligini, bu borada «Xavfsiz va tinchliksevar davlat» tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish orqali ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish, mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish bo‘yicha islohotlarni jadallashtirish zarur ekanligini alohida taʼkidlab o‘tdi.

Shuningdek, yig‘ilish ishtirokchilarga “Alisher Navoiy” va “Zahiriddin Muhammad Bobur” nomli videoroliklar hamda “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi.

Tadbir yakunida ayrim xodimlarga navbatdagi unvonlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.


Barcha yangiliklar

Text to speech