3 Mart 2023 Yil 679

Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida tashkil etilgan maxsus bir oylik kurs yakuniga yetdi

Xabaringiz bor Toshkent shahar IIBB tomonidan Joriy yilning birinchi fevral kunidan boshlab bir oy davomida “Har bir voyaga yetmagan yosh taqdiri davlat himoyasida” shiori ostida ijtimoiy-huquqiy jihatdan yordamga muhtoj, oilaviy sharoiti og‘ir bo‘lgan 50 nafar voyaga yetmagan bolalar uchun maxsus kurs tashkil qilindi.

Oylik doirasida shahar hokimligi, Sog‘liqni-saqlash, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik, Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi hamda Xalq taʼlimi bosh boshqarmasi hamkorligida ishchi guruh tuzildi. Bir oy davomida voyaga yetmagan bolalar va ularning ota-onalariga tibbiy, ijtimoiy-huquqiy, pedagogik va psixologik yordam ko‘rsatildi. Markazga qabul qilingan bolalar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi bo‘yicha maʼnaviy va maʼrifiy tadbirlar, psixologik trening mashg‘ulotlari va psixologik terapiyalar, sport musobaqalari, boshqa ko‘ngilochar tadbirlar hamda davra suhbatlari o‘tkazildi. Shuningdek, Markazda voyaga yetmaganlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda yetuk inson bo‘lib yetishishi uchun professional mutaxassislar tomonidan motivatsion davra suhbatlari o‘tkazildi.

Maxsus kurs yakunida 4 nafar bolalarning qiziqishlaridan kelib chiqib ixtisoslashtirilgan sport maktablariga joylashtirish taklifi berilib, sertifikat topshirilib, sport kiyimlari va anjomlari sovg‘a qilindi. Bir nafariga tug‘ilganlik haqida guvohnoma, ikki nafariga 16 yoshga to‘lganligi munosabati bilan “ID” pasportlari topshirildi. Tibbiy yordamga muhtoj bir nafar bolaga Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun imtiyozli yo‘llanma berildi. voyaga yetmagan bolalar bilan yaratilgan psixologik portretlar natijasiga ko‘ra 36 nafar voyaga yetmagan bolalarga sport turiga qiziqishlarini inobatga olib Toshkent shahar Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi tomonidan yashash hududlari bo‘yicha Sport maktablarida bepul mashg‘ulotlar o‘tkazishlari uchun sertifikatlar berilib, sport anjomlari sovg‘a qilindi. Ota-onasining qarovisiz qolgan 3 nafar voyaga yetmagan bola Mehribonlik uylariga joylashtirildi.

Shuningdek, bolalar uchun tantanali kuzatuv marosimi o‘tkazildi. Toshkent shahar IIBB boshlig‘i, shahar Soliq boshqarmasi boshlig‘i, shahar prokuraturasi va boshqa mutasaddi tashkilotlar, xalqimiz ardog‘idagi sanʼatkorlar ishtirok etgan tadbirda Markaz tarbiyalanuvchilari hamda ularning ota-onalari uchun bayram dasturxoni yozildi va konsert dasturi namoyish etildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech