7 Avgust 2023 Yil 1631

Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida maxsus o‘quv kurslarining to‘rtinchi bosqichi boshlandi

Toshkent IIBB tashabbusi bilan Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida to‘rtinchi bor profilaktik hisobda turgan o‘smir bolalar uchun maxsus o‘quv kurslari tashkil etildi.

Maxsus o‘quv kurslarining maqsadi o‘smirlarni ijtimoiy-huquqiy nuqtai nazardan qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatga ijtimoiy moslashuvini ta'minlash va kelgusi mustaqil hayotga to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishdan iborat.

Ushbu dastur davomida o‘smirlar to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Bundan tashqari, ularning har biri bilan individual suhbat o‘tkaziladi, bu ularning qiziqishlari va istaklari doirasini aniqlashga yordam beradi. Shu bilan birga, dastur doirasida bolalarning ota-onalari bilan ham psixologik va profilaktika ishlari olib borilishi nazarda tutilgan.

E'tiborlisi, ishtirokchilarning ota-onalari maxsus kurslar faoliyatini onlayn kuzatib borishlari mumkin bo‘ladi. Telegram messenjerida guruh tashkil etilib, u yerda bajarilgan ishlar bo‘yicha kunlik hisobot joylashtirib boriladi.

Barcha yangiliklar

Text to speech