Toshkent shahar IIBB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida tashkil etilgan o‘quv kurslari to‘g‘risida
O‘quv kurslarining navbatdagi kunida Markaz xodimlari tomonidan har bir bola va ularning ota-onalari bilan individual profilaktik suhbatlar, tengdoshlari va kattalar bilan munosabatlarni o‘rnatishga qaratilgan psixologik treninglar o‘tkazildi.
Shu bilan birga, bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga alohida eʼtibor qaratildi. “Barkamol avlod” bolalar maktabining malakali o‘qituvchilari bilan birgalikda ona tili va adabiyot, tarix, tasviriy sanʼat kabi fanlardan to‘garak mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Shuningdek, o‘g‘il bolalar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha sport musobaqalari tashkil etilib, qizlar tikuvchilik va biser tikish to‘garaklarida shug‘ullanishdi.