Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida o‘quv kurslari qanday o‘tkazilmoqda
Bolalar uchun oylik o‘quv kurslari doirasida “G‘alaba bog‘i” va “Shon-sharaf muzeyi”ga sayohat uyushtirildi. Bolalar ochiq havoda o‘rnatilgan ikkinchi jahon urushi davridagi harbiy texnika va qurol-yarog‘lar ko‘rgazmasi bilan tanishishdi.
“Shon-sharaf muzeyi”dan o‘rin olgan vatandoshlarimiz frontda qanday jang qilgani, qanchadan-qancha nochor insonlar va yetim bolalar respublikamiz fuqarolari tomonidan qabul qilingani, xalqimizga xos samimiylik va mehmondo‘stlikdan dalolat beruvchi eksponatlar o‘g‘il-qizlarda katta taassurot qoldirdi,
Shundan so‘ng, voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida bolajonlar o‘zlarining yoshlari va qiziqishlaridan kelib chiqib foydali mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishdi. Qizlarga rangli qog‘oz va munchoqlardan chiroyli buyumlarni yasash o‘rgatilgan bo‘lsa, o‘g‘il bolalar adabiyot darsida rus shoiri A.Pushkin hayoti va ijodini o‘rgandilar.