19 May 2023 Yil 1857

Toshkent shahar IIBB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida tashkil etilgan navbatdagi maxsus o‘quv kurslari yakunlandi

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tashabbusi bilan voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida profilaktik ro‘yxatda turuvchi 14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar uchun navbatdagi o‘quv kurslari tashkil etilganligi haqida xabar bergan edik. Kurs davomida psixologik trening, o‘quv mashg‘ulotlari va sport tadbirlari bilan bir qatorda o‘smirlar va ularning ota-onalari bilan individual profilaktik suhbat va maxsus treninglar tashkil etildi. Markaz mutaxassislari o‘smirlar ota-onalarining har bir murojaatini o‘rganib, oiladagi muammolarni hal etish choralarini ko‘rdi. Shuningdek, manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ota-onalar orasida ishsiz bo‘lganlariga ishga joylashishda amaliy yordam berildi.

Kurs davomida o‘smirlar malakali shifokor va hamshiralar tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, malakali mutaxassislar tomonidan tavsiyalar berildi .

Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida o‘g‘il-qizlar ishtirokida sport tadbirlari, intellektual o‘yinlar, kitobxonlik kechalari o‘tkazildi. Dastur doirasida poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasining maxsus bo‘linmalariga, teleminoraga ekskursiyalar, poytaxtimizning diqqatga sazovor joylari bilan tanishish, hayvonot bog‘iga sayohatlar tashkil etildi.

O‘quv kursi yakunida o‘smirlarga tantanali ravishda sertifikat topshirildi, sport anjomlari sovg‘a qilindi, shuningdek bayram dasturxoni yozilib, konsert dasturi tashkil etildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech