22 Fevral 2023 Yil 1789

Voyaga yetmagan shaxs pichoq bilan tan jarohati yetkazdi

Joriy yilning 21 fevral kuni taxminan soat 11.20 larda Chilonzor tumanidagi umumiy o‘rta taʼlim maktabining 11-sinf o‘quvchisi 2005 yilda tug‘ilgan A.S. o‘zaro kelishmovchilik oqibatida shu maktabning 11-sinf o‘quvchisi 2005 yilda tug‘ilgan I.R.ni o‘zi bilan olib kelgan pichoq bilan qorin qismiga bir marotaba urib tan jarohati yetkazgan. Natijada voyaga yetmagan I.R. tibbiy muassasaga joylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 104-moddasi, yaʼni og‘ir tan jarohati yetkazish alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech