10 May 2023 Yil 1614

Urush va mehnat faxriylari holidan xabar olindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari Doniyor Kadirov, Toshkent shahar IIBB rahbariyati, Mirobod tumani sektor rahbarlari, mudofaa ishlari bo‘limi rahbari "9 may - Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan Mirobod tumanida istiqomat qilayotgan urush va mehnat faxriylarining xonadoniga tashrif buyurdi.

D. Kadirov boshchiligidagi delegasiya tumanda yashovchi urush Ikkinchi jahon urushi faxriysi Taisiya Nurgalieva xonadonida bo‘lishdi. 1943 yilda 18 yoshli Taisiya Ivanovna Belorussiya frontiga hamshira sifatida safarbar etilgan, urush tugagunga qadar ko‘plab yaradorlarning oyoqqa turishiga o‘z xissasini qo‘shgan, urush vaqtida va undan so‘ng ko‘plab medal', ordenlar va ko‘krak nishonlari bilan mukofotlangan. Samimiy suhbat davomida suronli yillar esga olinib, yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik naqadar muhim ekanligi shukronalik bilan tilga olindi. Taisiya Ivanovna ko‘rsatilayotgan g‘amho‘rlik uchun davlatimiz rahbariga minnatdorchilik bildirdi.

Shu kuni tumanda istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushidan jabrlangan Prokofeva Galina Konstantinovna ham samimiy qutlandi. 5-6 yoshida konslagerga oilasi bilan tushib qolgan Galina Konstantinovna g‘alabadan so‘ng Toshkent shahriga yuborilgan va qolgan umrini shu yerda davom ettirmoqda. Onaxon bugungi tinch va osoyishta hayotni qadri nihoyatda yuqori ekanligini, bugungi kunda nuroniylar va mehnat faxriylariga yaratilgan sharoitlar, e'tibor va g‘amxo‘rliklardan g‘oyat minnatdorligini ko‘zda yosh bilan alohida ta'kidladi.

Faxriylarga davlatimiz rahbarining tabrigi o‘qib berilib, farmon bilan belgilangan pul miqdori va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech