13 Aprel 2023 Yil 2381

Uchtepa tumanida narkotik moddalarni yashirish (“zakladka”) bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi

Uchtepa tumani IIO FMB xodimlari tomonidan “Dolzarb 15 kunlik” tezkor-profilaktika chora-tadbirlari doirasida Chilonzor-13 mavzesida 33 yoshli Timur A. to‘xtatilib xolislar ishtirokida o‘zi va unga tegishli bo‘lgan Kobal't rusumli avtomobil' ko‘zdan kechirilganda, uning yonidan hamda avtomobilidan jami 5 dona o‘ramga qadoqlangan 5 gramm “marixuana” giyohvandlik moddasi topilib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Tekshiruv davomida ushbu giyohvandlik vositalari 23 yoshli Sherrux U. tomonidan keyinchalik sotish uchun Temurga berilgani aniqlangan. Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida Sherrux U. ham huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘lga olindi. Ushbu fuqaro xolislar ishtirokida tekshirilganda, undan 29 dona o‘ramlarga qadoqlangan 35 gramm “marixuana” giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi va ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi («Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumondorlarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov davom etmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Agar siz ushbu shaxslarning biror narsani yashirib, o‘zlarini shubhali tutayotganiga guvoh bo‘lgan bo‘lsangiz, 71-233-71-47, 71-233-49-46, 71-206-42-54 yoki 102 raqamlariga xabar berishingizni so‘rayman.

Barcha yangiliklar

Text to speech