Ichki ishlar organlarida «Ma'naviyat oyligi» doirasida O‘zbekiston Respublikasi IIV ning 1-sonli Toshkent akademik liseyida «Uch avlod uchrashuvi» tashkil etildi.
Unda IIV Faxriylar kengashi raisi o‘rinbosari, iste'fodagi polkovnik A. Azizxujaev, Faxriylar kengashi a'zosi, iste'fodagi general-mayor X. Xojimatov, lisey o‘qituvchilari va o‘quvchilari ishtirok etdi.
Tadbirda faxriylar o‘zlarining mehnat yo‘li haqida so‘zlab, o‘sha paytlarda duch kelgan turli vaziyatlar, qiyinchiliklar, shuningdek, bugungi kunda sohada amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlar haqida gapirishdi.
Katta avlod vakillari yoshlar tomonidan berilgan savollarga javob berib, zarur maslahat va tavsiyalarini ham aytib o‘tishdi.