7 Avgust 2023 Yil 780

Toshkentga go‘sht mahsulotlarini tegishli hujjatlarsiz olib kirish holatiga chek qo‘yildi

Poytaxtimizda sifatsiz go‘sht-sut mahsulotlarini aniqlash, tegishli hujjatlarsiz go‘sht va sut mahsulotlarini sotishning oldini olishga qaratilgan maxsus profilaktika tadbirlari davom etmoqda. Xususan, Toshkent shahar IIBB JTSB Karantin tadbirlarini ta'minlash guruhi xodimlari sanitariya-epidemiologiya xizmati mutaxassislari bilan birga reyd davomida shaharga sifatsiz go‘sht mahsulotlari olib kirish holatini aniqladi.

“Erkin” YPX maskanida 29 yoshli Xusniddin N.boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtomobil' to‘xtatib tekshirilganida, uning yukxonasida qog‘ozga o‘ralgan 180 kg yirik shoxli mol go‘sht maxsulotlari borligi aniqlandi. Shunday qilib, karantin tadbirlarini ta'minlash guruhi xodimlari tomonidan olib borilgan ishlar natijasida 180 kilogramm go‘sht mahsulotlarini tegishli hujjatlarsiz poytaxtga olib kirish fakti oldi olindi. Go‘sht mahsuloti Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi laboratoriyasiga tekshirish uchun yuborildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech