19 Iyul 2023 Yil 2183

Toshkentda iste'molga yaroqsiz go‘sht olib kirish holatiga chek qo‘yildi

Poytaxtimiz hududida sanitariya-gigiena qoidalariga rioya qilish, sifatsiz go‘sht-sut mahsulotlarini aniqlash hamda tegishli hujjatlarsiz go‘sht-sut mahsulotlarini sotishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha profilaktika tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Xususan, Toshkent shahar IIBB JTSB Karantin tadbirlarini ta'minlash guruhi xodimlari tomonidan shaharga sifatsiz go‘sht mahsulotlari olib kirish holati aniqlandi. “Erkin” YPX maskanida IIB xodimlari tomonidan “Qashqadaryo-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan 1989 yilda tug‘ilgan Sarvar T. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatib tekshirilganida, uning yukxonasida 6 bosh tirik va 1ta bosh taxminan 350 kilogramm og‘irlikdagi ot go‘shti borligi aniqlandi. Shunday qilib, karantin tadbirlarini ta'minlash guruhi xodimlari tomonidan olib borilgan ishlar natijasida 350 kilogramm go‘sht mahsulotlarini tegishli hujjatlarsiz poytaxtga olib kirish fakti oldi olindi. Go‘sht mahsuloti Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi laboratoriyasida tekshiruvdan o‘tkazildi va iste'molga yaroqsizligi ma'lum bo‘ldi. Shunga ko‘ra, sifatsiz go‘sht mahsuloti tegishli tartibda yo‘q qilindi.

Barcha yangiliklar

Text to speech