18 May 2023 Yil 2053

Toshkent shahar IIBBda xalqaro muzeylar kuni nishonlandi

Har yili 18 may kuni nishonlanadigan Xalqaro muzeylar kunida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining “Shon-sharaf” muzeyi anʼanaviy tarzda barcha tashrif buyuruvchilar uchun o‘z eshiklarini ochdi. Shu kuni muzeyga poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi 255-umumtaʼlim maktab o‘quvchilari, bosh boshqarma sohaviy xizmat va hududiy bo‘linmalari xodimlari tashrif buyurishdi.

Mazkur muzeyda ichki ishlar organlari faoliyati tarixi, shuningdek soha xodimlarining uch asr oldingi ko‘rinishidan tortib, to bugungi faoliyatigacha bo‘lgan maʼlumotlar bilan tanishish mumkin. Muzeyda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari turli yillarda jinoyatlarni fosh etishda foydalangan kiyim-kechak, qurol-yarog‘, transport va maxsus vositalarning noyob nusxalari saqlanmoqda. Shu bilan birga muzeyda xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan ichki ishlar organlari xodimlari hamda faxriylariga bag‘ishlangan alohida stend ham mavjud.

Muzeylar bu ajdodlarimizdan bizga meros bo‘lgan boylikni kelajak avlodga yetkazib beradigan ilmiy, maʼnaviy-maʼrifiy xazina bo‘lib, u yillar davomida boyib, to‘lib boradi.

Barcha yangiliklar

Text to speech