18 Fevral 2023 Yil 1132

Toshkent shahar IIBB ekspertlari giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlarni fosh etishda ishtirok etmoqdalar

Joriy yilning 12 fevral kuni Sergeli tumani IIO FMB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-tadbir davomida 29 yoshli A.A. to‘xtatilib, xolislar ishtirokida tekshirilganda, uning yonida 50 dona paketlarga qadoqlangan moddalar aniqlanib, rasmiylashtirib olingan.

Bundan tashqari, shu kuni tezkor tadbir davom ettirilib, A.A. istiqomat qiluvchi uy ko‘zdan kechirilganda, telegram kanal orqali sotib olingan, keyinchalik Toshkent shahrining turli hududlariga joylashtirib, ijtimoiy tarmoqdagi geolokatsiya tizimini belgilab, shu tariqa sotish maqsadida saqlab kelgan, polietilen paketga o‘ralgan, o‘tkir hidli, kukunsimon moddalar, tarozi va qadoqlashda foydalanilgan metall qoshiq ham rasmiylashtirib olingan.

Toshkent shahar IIBB EKM tomonidan berilgan xulosaga ko‘ra, A.A. dan rasmiylashtirib olingan moddalar geroin ekanligi aniqlangan. Uning og‘irligi 161,02 grammga teng bo‘lib, rasmiylashtirib olingan tarozida va metall qoshiqda ham mazkur modda izlari borligi maʼlum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi (“Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Barcha yangiliklar

Text to speech