20 May 2023 Yil 496

Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining navbatdagi muloqot maydoni — Bektemir tumani

Fuqarolarning muammosini joyiga chiqib o‘rganish va hal etish maqsadida barcha sektor rahbarlari joylarda sayyor qabullar o‘tkazmoqda. Ana shunday qabullardan biri Toshkent shahar IIBB boshlig‘i tomonidan Bektemir tumanida bo‘lib o‘tdi. Qabulda tuman hokimi va boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ham ishtirok etishdi.
Sayyor qabul boshida 4 nafar fuqaro o‘z xizmat vazifalarini vijdonan bajarayotgan, aholining muammolarini hal qilishda ko‘maklashayotgan IIB xodimlariga alohida minnatdorchilik bildirishdi.

Tadbir davomida 40 dan oshiq fuqarolarning murojaatlari tinglandi va 22 nafar murojaatchilarning masalasi shu yerning o‘zida hal etildi. Qolaversa, 10 nafar fuqaroning qilgan murojaatlarini ijobiy hal etish yuzasidan mutasaddilarga topshiriq berilib, hal etish muddat belgilandi va nazoratga olindi. 13 ta murojaat bo‘yicha huquqiy yo‘nalishda tushuntirish berildi.

Bu kabi sayyor qabullar poytaxtning barcha tumanlarida davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech