Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining navbatdagi fuqarolar qabuli
Toshkent shahar IIBB boshlig‘i general-mayor Aziz Tashpulatov bosh boshqarmada fuqarolar qabulini o‘tkazdi. Tadbirda bosh boshqarmaning sohaviy xizmat rahbarlari va masʼul xodimlari ishtirok etdi.
Belgilangan rejaga muvofiq “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun normalari asosida tashkil etilgan qabul jarayonlarida 24 nafar fuqarolarning muammo, talab va takliflari eshitildi.
Fuqarolar moddiy taʼminot va uy-joy bilan taʼminlash, bandlik va ishga tiklash, surishtiruv va tergov harakatlarini amalga oshirish hamda ichki ishlar organlariga ishga kirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha murojaat qilishdi.
Qabul jarayonida 10 ta murojaat joyida ijobiy hal etilib, 10 nafar fuqaroga huquqiy tushuntirishlar berildi. Qo‘shimcha tekshiruv uchun muddat zarar bo‘lgan 4 ta murojaatning ijrosi yuzasidan muddat belgilandi hamda natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilish yuzasidan masʼul xodimlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.