13 Iyun 2023 Yil 653

Toshkent shahar IIBB EKM xodimlari tomonidan o‘quv-amaliy seminarlar o‘tkazilmoqda

Toshkent shahar IIB Ekspert-kriminalistika markazi xodimlari joylarda sohaviy xizmat xodimlari uchun o‘quv-amaliy seminarlar o‘tkazib kelishmoqda.

Jumladan, kuni kecha mazkur markaz ekspertlari podpolkovnik S. Lankin va mayor X. Raximbaevlar Olmazor tumani IIO FMB TB tergovchilari uchun “Hodisa joyini ko‘zdan kechirish tartibi” mavzusida amaliy-seminar tashkil etishdi.

Seminarda voqea joyini ko‘zdan kechirish, qo‘l barmoq izlarini olish, ularning ko‘rinishini aniqlash usullari, laboratoriya sharoitida murakkab qo‘l barmoq izlarini tekshirish, fizikaviy va kimyoviy usullarda ularni aniqlash usullarini namunaviy misollar yordamida tushuntirildi. Shuningdek, mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilarga hodisa joyidan olingan ashyoviy-dalillar va ularning jinoyatlarni fosh etishdagi muhim ahamiyati to‘g‘risida batafsil tushunchalar berildi.

Uchrashuv yakunida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Barcha yangiliklar

Text to speech