8 Iyul 2023 Yil 1972

“To‘maris izdoshlari” musobaqasining g‘oliblari aniqlandi

Toshkent shahar IIBB va uning quyi tizimlarida xizmat olib borayotgan ayol xodimalar o‘rtasida “To‘maris izdoshlari” musobaqasining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

So‘nggi bosqich shartlariga ko‘ra, harbiy dala sharoitida yaralangan shaxsga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish mashqi o‘tkazildi. Shart yakuniga ko‘ra 3-o‘rinni Yashnobod tumani, 2-o‘rinni Olmazor, Uchtepa va Yakkasaroy tumani, 1-o‘rinni IIBB Markaziy apparati jamoasi egalladi.

Keyingi shartga ko‘ra jamoa aʼzolari dala sharoitida ovqat pishirish musobaqasida bellashdi. Taomni tayyorlashni boshlash va tugatish, tanlov hayʼatiga baholashi uchun tayyor taomni taqdim qilish vaqtlari tanlov maʼmuriyati tomonidan 3 soat etib belgilandi.

Dala sharoitida mazali taom tayyorlash sharti bo‘yicha: 3-o‘rinni IIBB Markaziy apparati, 2-o‘rinni Shayxontohur tumani, 1-o‘rinni Yunusobod tumani jamoasi qo‘lga kiritdi.

Shu kunning o‘zida musobaqaning barcha shartlari tahlil qilinib, g‘olib jamoalar aniqlandi. Hayʼat aʼzolari tomonidan jamoalarning baholari eʼlon qilindi. Barcha shartlar yakuniga ko‘ra, 3-o‘rinni Olmazor tumani IIO FMB terma jamoasi, 2-o‘rinni Yakkasaroy tumani IIO FMB terma jamoasi va 1-o‘rinni IIBB markaziy apparati terma jamoasi qo‘lga kiritdi.

Jamoalar Bosh boshqarma rahbariyati tomonidan diplom va pul mukofotlari bilan tantanali ravishda rag‘batlantirildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech