4 Iyul 2023 Yil 616

“To‘maris izdoshlari” musobaqasiga start berildi

Ichki ishlar organlarida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda jismoniy faollik tadbirlarini tizimli va samarali tashkil etish maqsadida, Toshkent shahar IIBBda “To‘maris izdoshlari” musobaqasi boshlandi. Poytaxt ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan ayol-xodimalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan mazkur musobaqada 12 jamoadan iborat jami 120 nafar ayol-xodimalar ishtirok etmoqda.

Musobaqasining birinchi kunida 800, 400, 200, 100 metr estafetaga yugurish, shuningdek, basseynda erkin uslubda 50 metr masofaga suzish shartlari bo‘yicha xodimalar bellashdi.

Estafetaga yugurish shartida 3-o‘rinni Chilonzor tumani, 2-o‘rinni Mirobod tumani va 1-o‘rinni Markaziy apparat jamoasi aʼzolari qo‘lga kiritdi. Suzish shartida 3-o‘rinni Mirzo Ulug‘bek tumani, 2-o‘rinni Yakkasaroy tumani va 1-o‘rinni Markaziy apparat jamoasi aʼzolari qo‘lga kiritdi.

Musobaqa davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech