22 May 2023 Yil 586

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Tinchlikparvar O‘zbekistonning tashqi siyosati” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda siyosatshunos olim Kamoliddin Rabbimov maʼruza qildi. U o‘z maʼruzasida, O‘zbekistonning tashqi siyosati xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan meʼyor va tamoyillariga mos kelishi hamda faoliyatining asosiy maqsadlaridan biri mamlakatimizda tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni shakllantirish ekanligini alohida taʼkidlab o‘tdi.

Shuningdek, tadbir davomida shaxsiy tarkib eʼtiboriga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvardagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yana-da yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 10-son Prezident qarori asosida IIV tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatini yetkazildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech