26 Aprel 2025 Yil 1584

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Til – millat boyligi” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti vakili dotsent Abdishukur Shofqorov maʼruza qildi. U o‘z nutqida, o‘zbek tili jonajon Vatanimizda yashayotgan barcha fuqarolarimiz uchun aziz va qadrli tilga aylanishi, uning jozibadorligini oshirish uchun barcha kuch va imkoniyatlarni safarbar etishimiz zarurligini taʼkidlab o‘tdi. Zero, til – o‘zligimizni anglash ramzi, unga bo‘lgan hurmat, xalqimizga, uning betakror madaniyati va tarixiga hurmatdir.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech