E'LON! O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish Akademiyasi bakalavriyatining “Tergov faoliyati” yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilish uchun arizalar qabul qilish boshlandi
O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish Akademiyasi bakalavriyatining “Tergov faoliyati” yo‘nalishiga 2023/2024-o‘quv yili uchun o‘qishga hujjat topshirish istagida bo‘lgan shaxslar 2023 yilning 15 may kuniga qadar (soat 09:00 dan 18:00 gacha) Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash xizmatiga (Toshkent shahar, Mirobod tumani, Said Baraka ko‘chasi, 7-uy) murojaat qilishlari mumkin.
Nomzodlarga qo‘yilgan talablar:
- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
- Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatda bo‘lishi;
- yoshi o‘n yettidan kichik va yigirma beshdan (muddatli harbiy ximzatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni o‘tganalarning yoshi esa yigirma oltidan) katta bo‘lmasligi;
- o‘rta (11-sinf), o‘rta-maxsus va professional ma'lumotga ega bo‘lishi;
- erkak nomzodlarning bo‘yi 165 santimetrdan, ayol nomzodlarning bo‘yi 160 santimetrdan past bo‘lmasligi talab etiladi.
Tanlov shartlari:
Tanlov to‘rt (dastlabki tanlov, maxsus psixologik tanlov, yozma imtihon (diktant) va test sinovi) bosqichdan o‘tkaziladi.
- dastlabki tanlov nomzodlarning hujjatlarini to‘plash va o‘rganish (maxsus o‘rganish) hamda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, hududiy ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.
- maxsus psixologik tanlov, yozma imtihon (diktant) va test sinovlari Oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkazilishi.