20 Fevral 2023 Yil 1135

Tergov bo‘linmalari xodimlariga o‘quv seminar mashg‘ulotlari tashkil etildi

Kuni kecha Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi shaxsiy tarkibi uchun “Aybga iqrorlik haqida kelishuv” institutining amaliyotda qo‘llanishi yuzasidan o‘quv seminar mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Mashg‘ulotlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda Toshkent shahar prokuraturasi hamkorligida tashkil etildi.

Seminar tergov tizimida xizmat qilib kelayotgan xodimlarning “Aybga iqrorlik haqida kelishuv” institutining amaliyotda qo‘llanishi, yuzaga kelgan muammolar, qonun doirasida bartaraf etish va mavzuga oid takliflar bo‘yicha bilim saviyasi va amaliy ko‘nikmalarini oshirish, kelgusida o‘zlashtirilgan bilim va tajribalarini o‘z faoliyatida tadbiq etishlari kabi dolzarb masalalarni qamrab oldi. Mashg‘ulotlar prokuraturaning tajribali mutaxassislari tomonidan olib borildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech