7 Fevral 2023 Yil 1939

Taksi haydovchisidan aldov yo‘li bilan pul olgan shaxs qo‘lga olindi

29-yanvar kuni Yunusobod tumani IIOFMBga taksi haydovchisi murojaat qilib, avtomashinasiga mijoz sifatida o’tirgan shaxs onasiga guldasta olib berish uchun yo‘lda 700 ming so‘m so‘raganini, uyga yetib borgach, pulni qaytarib berishni va’da qilganini aytadi. Ishonuvchan haydovchi pulni yo’lovchiga bergan, yo’lovchi esa haydovchining chalg‘iganidan foydalanib, voqea joyidan yashiringan. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida aldov yo’li bilan pulni qo’lga kiritgan shaxs 27 yoshli Abduhamid X. ekanligi aniqlandi va qo‘lga olindi. Tergov ishlari davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech