Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Suv resurslari – kelajak uchun” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda Bosh boshqarma MMI va KBTX bosh inspektori mayor Elbek Normo‘minov maʼruza qildi. U o‘z maʼruzasida, suv resurslari nafaqat insonlar uchun, balki butun tirik jonzot uchun ham zarur bo‘lgan bebaho neʼmat ekanligini, uni tejab ishlatib, kelajak avlodga ham boricha yetkazishimiz kerakligini alohida taʼkidlab o‘tdi.
Navbatdagi maʼruza “Islom dinida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, uni Jizzax viloyati, Arnasoy tumani bosh imom-xatibi Otabek Yo‘ldoshev yoritib berdi. U o‘z maʼruzasida, korrupsiya har qanday davlat va jamiyat rivojiga salbiy taʼsir ko‘rsatuvchi xavfli omilligini, barcha mamlakatlarga tahdid soluvchi murakkab ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hodisaligini hamda har qanday jamiyat uchun ushbu illatga qarshi kurashish eng dolzarb masalalardan biri ekanligini taʼkidladi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi.