Stomatologiya klinikasidan o‘g‘rilik holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Yashnobod tumani IIO FMBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, nomaʼlum shaxs, stomatologiya klinikasiga eshik qulfini buzish yo‘li bilan kirgan. Shundan so‘ng u 40 yoshli Maʼruf Z.ga tegishli bo‘lgan jami 5.080 AQSH dollari va 118.200.000 so‘mlik turli xildagi stomatologik asboblar hamda tish implantlarini o‘g‘irlab ketgan.
Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida, ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilingan 27 yoshli Baxtiyor K. aniqlanib, qo‘lga olingan. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘rilik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.