20 Mart 2023 Yil 535

Sport sen bilan

Poytaxtimizning Shayxontohur tumanida joylashgan “Navro‘z” istirohat Shayxontohur tumani IIO FMB boshlig‘ining tashabbusi bilan yoshlar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi. "Sport sen bilan” shiori ostida o‘tgan musobaqada sportning shaxmat, shashka, milliy kurash, tosh ko‘tarish, arqon tortish, stol tennis turlari bo‘yicha 400 nafardan ortiq yoshlar o‘z kuchini sinadi. Keskin va murosasiz o‘tgan musobaqada faxrli 1, 2 va 3 o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bu kabi tadbirlar poytaxtimizning barcha tumanlarida o‘tkazilmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech