Shayxontohur tumani 3-sektor rahbarining navbatdagi sayyor qabuli
Bugun fuqarolarning muammolariga yechim topish, aholining turmush farovonligini oshirish sektor rahbarlari zimmasidagi muhim vazifa hisoblanadi. Shayxontohur tumani 3-sektor rahbari tomonidan Kattaxovuz MFY idorasida o‘tkazilgan navbatdagi sayyor qabul chog‘ida ham aholining ko‘plab muammolari hal etildi.
Jumladan, sayyor qabul chog‘ida Kattaxovuz, Sarxumdon va Mannon Uyg‘ur mahallalaridan 20ga yaqin fuqaroning murojaatlari o‘rganilib, 9 nafarining muammosi joyida hal etildi. 3 nafariga huquqiy tushuntirish berildi, 7 nafarining murojaati ijobiy hal etilishi nazoratga olindi. Tuman tadbirkorlik sub'ektlari rahbarlari hamda davlat organlari mas'ullari ishtirok etgan ushbu tadbirda, imtiyozli kredit, moddiy yordam kabi yana ko‘plab masalalar bilan bog‘liq murojaatlar o‘rganildi.
Bu kabi uchrashuv va muloqotlarning tashkil etilishi tuman ahlining turmush sharoitlarini yaxshilashga hamda davlatdan rozi bo‘lib yashash hissini oshirishga xizmat qilishi shubhasiz.