12 Aprel 2023 Yil 2133

Fuqarolarning murojaati eʼtibordan chetda qolmadi

Joriy yilning 11 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda, Shayxontohur tumanida joylashgan P.Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi oldidagi daraxt tagida nomaʼlum fuqaro uxlab yotganligini aks etgan video tarqaldi.

Voqea joyiga Shayxontohur tumani IIO FMB xodimlari borib, ushbu shaxsni qidirib topishgan. Maʼlum bo‘lishicha, u boshqa viloyatda yashovchi fuqaro bo‘lib, taqdir taqozosi bilan ko‘chada qolgan. Ushbu fuqaroga yordam ko‘rsatish maqsadida, u Toshkent shahar IIBB Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markaziga joylashtirilgan.

O‘z navbatida, Toshkent shahar IIBB rahbariyati ushbu holatga befarq bo‘lmagan fuqaroga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

Barcha yangiliklar

Text to speech