15 Avgust 2023 Yil 1126

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Sharq taronalari: dunyoni hayratga solayotgan ohanglar” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa sanʼati institutining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Azizjon Zokirov maʼruza qildi. U o‘z nutqida, “Sharq taronalari” festivali milliy musiqa anʼanalarini asrab-avaylash, rivojlantirish, keng targ‘ib qilish, ijodiy aloqalarni yana-da kengaytirish, tinchlik va do‘stlik hamda o‘zaro hamjihatlik g‘oyalarini tarannum etish maqsadida tashkil etilganligini alohida taʼkidlab o‘tdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech