10 Mart 2023 Yil 544

Shahar prokuraturasi xodimlari uchun o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi

Kuni kecha Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi Ekspert-kriminalistika guruhi xodimlari tomonidan poytaxt prokuraturasi tergovchilari uchun o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi. O‘quv seminarini o‘tkazishdan asosiy maqsad prokuratura xodimlarining raqamli kriminalistika sohasidagi malakasini oshirishdan iborat.

Seminar davomida ishtirokchilarga Raqamli kriminalistika laboratoriyasi faoliyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, IIBB xodimlari voqea joyini ko‘zdan kechirish va raqamli axborot tashuvchi qurilmalarni aniqlash tartiblari haqida so‘zlab berdilar.

Amaliy mashg‘ulot davomida voqea joyini ko‘zdan kechirishda raqamli axborot tashuvchilarni aniqlash tartibi va qoidalari, qanday amalga oshirilishi seminar ishtirokchilariga aniq ko‘rsatib berildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech