7 Mart 2023 Yil 629

Sergeli tumani IIOFMB xodimlari tomonidan ayollar uchun bayram tashkil etildi

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida poytaxtimizning Sergeli tumanida yashovchi xotin-qizlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj, imkoniyati cheklangan, yolg‘iz buvilar ko‘plab yorqin va ijobiy his-tuyg‘ularga ega bo‘ldilar. Bunga Sergeli tumani IIOFMB 4-sonli IIB xodimlari hamda homiy tashkilotlar birgalikda tashkil etgan bayram tadbiri sabab bo’ldi.

Sevimli ayollarimiz uchun dasturxon yozildi. Bayramona muhit estrada san’atkorlarining chiqishlari bilan to‘ldirilib, chinakam bahoriy kayfiyat bag‘ishladi.

Barcha yangiliklar

Text to speech