22 May 2023 Yil 509

Sayyor sud davomida tuzalish yo‘lidagilar ozod qilindi

Kechirimlilik xalqimizga xos olijanob fazilatlardan sanaladi. Yaqinda Chilonzor tumanining “1-Qatortol” mahalla fuqarolar yig‘ini binocida tashkil etilgan sayyor sud yig‘ini ham so‘zimiz isbotidir. Binobarin, sud majlisida ilgari sodir etgan jinoyatidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lganligi hamda jazoni o‘tash davridagi namunali xulqi uchun probasiya nazoratidagi 12 nafar mahkumga nisbatan insonparvarlik dalolatnomalari qo‘llanilib, jazodan muddatidan ilgari shartli ozod etildi.

Shunday sayyor sud Yunusobod tumani "Anorzor" mahallasida ham bo‘lib o‘tdi. Yunusobod tumani IIO FMB probasiya bo‘limi hisobida turgan 17 nafar shaxs O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasi asosida o‘talmay qolgan jazo muddatidan shartli ravishda ozod qilindi.

Sayyor sud davomida tuman IIO FMB Probasiya bo‘limining mas'ul xodimlari firibgarlik, o‘g‘rilik jinoyatlarining oldini olish bo‘yicha tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borishdi. Jazo muddatini o‘tab qaytgan shaxslar esa takroran jinoyatga qo‘l urmasligi kerakligi, aks holda javobgarlik bundan ham og‘irroq bo‘lishi haqida ogohlantirildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech