10 Iyul 2023 Yil 1765

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Saylov – saylovchilar xohish-irodasining ifodasi” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot Universitetining Toshkent filiali vakili, Toshkent shahar IIBB huzuridagi jamoatchilik kengashi raisi o‘rinbosari, professor Shuhrat G‘oibnazarov maʼruza qildi. U o‘z maʼruzasida, 9 iyul kuni mamlakatimizda muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tganligini, saylov jarayonini kuzatgan siyosiy partiyalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillari hamda xalqaro tashkilotlar kuzatuvchilari saylov demokratik islohotlarning umumeʼtirof etilgan tamoyillariga mos kelishini tasdiqlaganliklarini alohida taʼkidlab o‘tdi.

Tadbir yakunida, shaxsiy tarkibiga Ivan Turgenevning “Otalar va bolalar” romani haqidagi videolavha namoyish etildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech